TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI 

1 SON TRAVMATOLOGIYA, ORTOPEDIYA VA HARBIY DALA JARROHLIGI KAFEDRA JAMOASI 

T.f.d., professor  Karimov M.Yu. 2005  yildan  kafedraga  t.f.d.  M.Yu.  Karimov  mudirlik  qilmoqda.  M.Yu.  Karimov  rahbarligida  kafedrada  travmatologiya,  ortopediya,  neyroxirurgiya  va  harbiy  dala  jarrohligi,  bolalar  travmatologiyasi,  xalokatlar  tibbiyoti  fanlari  bo‘yicha  o‘qitish  usullarini  tubdan  o‘zgartirildi.  Fan  va  ishchi  dasturlar  yangilandi.  Ta’lim  jarayoniga  multimediali  o‘qitish  uslubi,  yangi  axborot  texnologiyalari,  animatsiyalar,  umumiy  amaliyot  shifokorlari  uchun  amaliy  ko‘nikmalar  kiritilgan,  standartlarga  muvofiq  yagona  metodik  texnologiyalar  ishlab  chiqilgan  va  ko‘plab  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar  chop  etilgan.  2005  yildan  boshlab  tizza  bo‘g‘imi  surunkali  sinoviti,  tirsak  va  tizza  bo‘g‘imlari  jarohati,  mushak-skelet  tizimining  shikastlanishi  va  kasalliklarini  tashhislash  va  ortopedik-jarrohlik  davolashning  yangi  usullari  ishlab  chiqildi  va  klinikaga  kiritildi.  Yaratilgan  yangiliklarga  10  ta  patentlar  olindi.  Osteoartikulyar  tizimning  degenerativ-distrofik  kasalliklarida  osteoporoz  muammosini  o‘rganish  uchun  kafedrada  «Sonost  3000»  densitometri  olindi.  Uzun  naysimon  va  tos  suyaklarining  sinishlarini  erta  reabilitatsiya  qilish  va  minimal  invaziv  davolanish  maqsadida  respublikada  birinchi  marotaba  sterjenli  apparatning  uchta  modeli  yaratildi,  ularni  barchasiga  patent  olindi.  Patellaning  nostabilligini  davolashning  minimal  invaziv,  yangi  usuli  ishlab  chiqildi.  Yaratilgan  usulga  patent  olindi.  Artroskopning  yangi  avlodi  yordamida  yelka  va  tizzaning  bo‘g‘imlari  jarohati  va  kasalliklarini  davolash  boshlandi.  Artroskopiya  soni  yiliga  50  dan  350  gacha  ortdi.  Kafedra  va  klinikada  birinchi  marta  innovatsion  osteosintez  usullaridan  biri  BIOS  joriy  etildi  (2013).  Operatsion  blokiga  olingan  elektron-optik  konvertor  osteosintez  samaradorligini  oshirdi  (2013).  Operatsiya  minimal  invaziv  usulda  bajarila  boshlandi  va  vaqt  muddati  kiskardi.  Kafedra  va  klinikada  birinchi  marta  tizza  bo‘g‘imini  endoprotezlash  operatsiyasi  bajarila  boshlandi  (2012  y).  Son-chanok  kasalliklarida,  sun’iy  bo‘g‘imlarning  yangi  avlodi  implantatsiya  qilinayapti.

Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar hodim faoliyat olib bormoqda: professor T. f. n., Karimov M. Yu., t.f.n. dotsent Nazarova N. Z., t.f.n. dotsent Gulyamov E. B., assistant, t.f.n, Saloxiddinov F. B., PhD Kayumov J. Sh., PhD Madrahimov S.B., PhD Xolmurodov U.T., assistent Ismoilov N.U., assistent Mirzaxmedov F. M., assistent Qobilov N. R., assistent Ergashov A. Z. assistent Xayitov A. A.,  assistent Mamajonov Sh. T., assistent Gadoyev K.K.