🎓 Qobilov Nodir Rustam o‘g‘lining PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, 2026-yil 25-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Toshkent davlat tibbiyot universiteti erkin izlanuvchisi Qobilov Nodir Rustam o‘g‘lining 14.00.22 – travmatologiya va ortopediya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “SON SUYAGI SINGAN KEKSA VA QARILIK YOSHIDAGI BEMORLARNI RATSIONAL OPERATSIYA OLDI TAYYORLASH VA DAVOLASH ISTIQBOLINI ANIQLASH” mavzusidagi dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Dissertatsiya ishida keksa va qarilik yoshidagi bemorlarda son suyagi sinishlarini davolash samaradorligini oshirish, operatsiya oldi tayyorgarlikni takomillashtirish hamda davolash natijalarini prognozlashning zamonaviy yondashuvlari ilmiy asosda ishlab chiqilgan.
Ilmiy rahbar:
tibbiyot fanlari doktori, professor Karimov Murod Yuldashevich.
Dissertatsiya ishining rasmiy opponentlari:
– tibbiyot fanlari doktori, professor Xudayberdiyev Qobiljon Tursunovich (Andijon davlat tibbiyot instituti);
– tibbiyot fanlari doktori, professor Valiyev Erkin Yo‘ldashevich (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi).
Yetakchi tashkilot:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Qobilov Nodir Rustam o‘g‘lini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Leave a Reply