TOSHKENT TOBBIYOT AKADEMIYASI TRАVMАTOLOGIYА-ORTOPEDIYА VA HАRBIY DАLА JАRROHLIGI KAFEDRASI 1920 YILDA TASHKIL TOPGAN
T.f.d., professor Astrov S.M.
O’rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tibbiyot fakulteti 1920 tashkil etilgan. Travmatologiya-ortopediya fani 1926-1935 y.y. kafedraga S.А.Аstrov rahbarlik qilgan.
T.f.d., professor Berliner B.I.
1934-1939 yillarda kafedra assistenti B.I. Berliner mehnat qilgan. B.I. Berliner 1935 yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1943 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Kafedrada quyidagi xodimlar ishlaganlar: M.L. Dmitriev, V.N. Bextereva, А.А. Terekina, M.I. Marchenko. 1950-1957 yillarda prof. I.I. Orlov, prof. S.А. Masumov gospital xirurgiya va travmatologiya (kurs) kafedrasiga mudirlik qilishgan. 1950-1957 yillarda travmatologiya va ortopediya kursiga dotsent V.А. Sorokina raxbarlik kilgan. Sobiq Ittifoq qaroriga muvofiq, 1957 yilda mustaqil travmatologiya va ortopediya kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari doktori, prof. B.I. Berliner tayinlangan.
T.f.d., professor Qoriyev M.X. 1971 yil sentabrda travmatologiya va ortopediya kafedrasi harbiy dala jarrohligi kursi bilan tashkil etildi. Kafedra mudiri lavozimida 1971-1979 yillarda tibbiyot fanlari doktori M.X.Koriyev mexnat qilgan.
T.f.d., professor Luzina E.V. 1978 yildan 1987 yilgacha kafedra Toshkent davlat tibbiyot institutining yangi klinik majmuasida joylashgan bo’lib, kafedra mudiri lavozimida ishlagan professor E. V. Luzina tayinlanadi. Kafedrada 120 yotoq xonasi mavjud: 60 travmatologiya, 30 ortopediya, 30 kuygan bemorlar uchun. Bo’lim malakali mutaxassislar va zamonaviy mutaxassislar bilan jihozlangan.
T.f.d., professor Dusmuratov M.D. Kafedraning travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti bilan birlashishi munosabati bilan 1981-1982 yillarda kafedra O’zniito binosida bo’lib, kafedra mudiri sifatida O’zniito direktori, t.f. D., professor M. D. Dutmuratov tayinlandi.
T.f.d., professor Xamrayev Sh. Sh. 1986 yildan boshlab va 1990 yilda tashkil etilgan II Toshkent davlat tibbiyot instituti, travmatologiya, ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.d. prof. Sh.Sh. Xamrayev tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, prof. Sh.Sh. Xamrayev 1964 yilda Dyupyuitren kontrakturasini xirurgik davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganlar. Doktorlik dissertatsiyasi «Naysimon suyaklarni surunkali va gematogen osteomielit d vakumlash va gomoplastika» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 1974 yilda N.N.Priorov nomidagi SITOda muvaffaqiyatli himoya qilganlar. 1990 yilda Markaziy Osiyo va Qozog‘iston Respublikalari uchun favqulodda vaziyatlarda birinchi mintaqaviy shoshilinch tibbiy markazni tashkil qilib, 1992 yilgacha rahbarlik qilganlar. 1993 yilda mintaqada yagona Respublika ixtisoslashtirilgan bo‘g‘im va qo‘l-barmoq jarrohlik markazi tashkil kilganlar. 1993 yildan 2005 yilgacha ushbu markaz direktori lavozimini mexnat qilganlar. 2005 yildan kafedra professori va bo‘g‘imlar va qo‘l-barmoq xirurgiya markazi direktori lavozimida ishlaganlar. Kafedra mudiri lavozimida ishlagan davrida quyidagi yo‘nalishlarda faol tadqiqot ishlarini olib borganlar: Yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, Bo‘g‘im deformatsiyalari va kollagenoz kasalliklarini xirurgik davolash, qo‘l-barmoq jarrohlik, Endoskopik ortopediya, Surunkali osteomiyelitni davolash.
T.f.d., professor Karimov M.Yu. 2005 yildan kafedraga t.f.d. M.Yu. Karimov mudirlik qilmoqda. M.Yu. Karimov rahbarligida kafedrada travmatologiya, ortopediya, neyroxirurgiya va harbiy dala jarrohligi, bolalar travmatologiyasi, xalokatlar tibbiyoti fanlari bo‘yicha o‘qitish usullarini tubdan o‘zgartirildi. Fan va ishchi dasturlar yangilandi. Ta’lim jarayoniga multimediali o‘qitish uslubi, yangi axborot texnologiyalari, animatsiyalar, umumiy amaliyot shifokorlari uchun amaliy ko‘nikmalar kiritilgan, standartlarga muvofiq yagona metodik texnologiyalar ishlab chiqilgan va ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan. 2005 yildan boshlab tizza bo‘g‘imi surunkali sinoviti, tirsak va tizza bo‘g‘imlari jarohati, mushak-skelet tizimining shikastlanishi va kasalliklarini tashhislash va ortopedik-jarrohlik davolashning yangi usullari ishlab chiqildi va klinikaga kiritildi. Yaratilgan yangiliklarga 10 ta patentlar olindi. Osteoartikulyar tizimning degenerativ-distrofik kasalliklarida osteoporoz muammosini o‘rganish uchun kafedrada «Sonost 3000» densitometri olindi. Uzun naysimon va tos suyaklarining sinishlarini erta reabilitatsiya qilish va minimal invaziv davolanish maqsadida respublikada birinchi marotaba sterjenli apparatning uchta modeli yaratildi, ularni barchasiga patent olindi. Patellaning nostabilligini davolashning minimal invaziv, yangi usuli ishlab chiqildi. Yaratilgan usulga patent olindi. Artroskopning yangi avlodi yordamida yelka va tizzaning bo‘g‘imlari jarohati va kasalliklarini davolash boshlandi. Artroskopiya soni yiliga 50 dan 350 gacha ortdi. Kafedra va klinikada birinchi marta innovatsion osteosintez usullaridan biri BIOS joriy etildi (2013). Operatsion blokiga olingan elektron-optik konvertor osteosintez samaradorligini oshirdi (2013). Operatsiya minimal invaziv usulda bajarila boshlandi va vaqt muddati kiskardi. Kafedra va klinikada birinchi marta tizza bo‘g‘imini endoprotezlash operatsiyasi bajarila boshlandi (2012 y). Son-chanok kasalliklarida, sun’iy bo‘g‘imlarning yangi avlodi implantatsiya qilinayapti.
Hozirgi kunda kafedrada 13 nafar hodim faoliyat olib bormoqda: professor T. f. n., Karimov M. Yu., T.f.n. dotsent Xamrayev A.Sh., , t.f.n. dotsent Nazarova N. Z., t.f.n. dotsent Gulyamov E. B., assistant, t.f.n, Saloxiddinov F. B., assistant, t.f.n Tuguzov B. E., assistent Ismoilov N.U., assistent Mirzaxmedov F. M., assistent Qobilov N. R., assistent Ergashov A. Z. assistent Xayitov A. A., assistent Kayumov J. Shs., assistent Mamajonov Sh. T.